O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Yaponiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamadan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Yaponiya bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga muhim ahamiyat qaratmoqda.
Energetika, geologiya-qidiruv, avtomobil sanoati, transport, telekommunikatsiyalar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda Yaponiya kompaniya va banklari bilan kooperatsiya sur’ati ortib borayotgani ta’kidlandi.
Xabarda qayd etilishicha, joriy yil dekabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi