2 416
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari tashkil etiladi
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning o‘z chiqishida aytishicha, tomonlar o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari yaqin kunlarda tashkil etiladi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishni tezlashtirishni hamda bu haqda Ozarboyjonga o‘z istaklarini yetkazishni so‘radi.
Uchrashuv davomida A. Komilov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlari barcha sohalarda sezilarli darajada rivojlanib borayotgani, iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish boshlanganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2010 yilning 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. O‘zbekiston Respublikasi rahbarining Ozarbayjonga so‘nggi tashrifi esa 2011 yilning 11-12 sentyabr kunlariga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?