2000 tovar pozitsiyasi bojxona to‘lovlaridan ozod etildi

1 daqiqa o'qish3.1K
2000 tovar pozitsiyasi bojxona to‘lovlaridan ozod etildi
Prezidentning 10.04.2019 yildagi «2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5707-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar haqida so‘z bormoqda, deb yozyapti Norma.

Eslatib o‘tamiz, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari (o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilganda), shuningdek dorixonalar ichida tayyorlash uchun ishlatiladigan farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji va chakana sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ushbu imtiyozdan foydalanadilar. Apreldagi Farmonda qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladigan tovar pozitsiyalari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Shunga muvofiq Hukumat tomonidan imzolangan ro‘yxatga quyidagilar kiritildi:

— 1 382 nomdagi dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari;
— «toza xonalar», sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari;
— 600 nomdagi texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari.

Imtiyoz berilgan pozitsiyalar batafsil ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin. Hujjatda ko‘rsatilgan TIF TN kodlari tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda belgilanadi.

Imtiyozlarni qo‘llash natijasida ozod etiladigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan vositalardan muayyan maqsadga mo‘ljallanmagan yo‘nalishda foydalanilgan taqdirda, ushbu vositalar to‘liq hajmda Davlat budjetiga undiriladi, huquqbuzarlarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi. DSQga DBQ bilan birgalikda buni nazorat qilish topshirilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2019 yildan kuchga kirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?