O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada mamlakatimizdagi kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bugun butun mamlakatimiz hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘lib, bu me’yordan 3-4 darajaga yuqoridir.
Ertaga Kaspiy dengizining janubiy rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, respublikaning ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajagacha pasayadi va shu kun me’yoriga yaqinlashadi. Faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
25 mart kuni O‘zbekiston hududiga salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik bo’lmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi, shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq bo‘ladi, kunduzgi harorat 10-15 darajagacha pasayadi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 7-9 darajaga pastdir.
26 martdan 28 martgacha mamlakatimiz hududi yuqori bosimli maydon ta’sirida bo‘ladi. Kechasi harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, 26 mart kunduzi harorat hali salqin, 10-15 daraja iliq, 27-28 mart kunlari quyosh nurlari havoni isitishi hisobiga harorat 15-20 darajagacha ko‘tariladi va me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashadi, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi