2 380
Farg‘onada Captiva velosiped haydovchisini urib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 18 may kuni Captiva avtomobili va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.
Hodisa soat 14:40 larda «Qo‘riq» mahallasi hududidan o‘tgan A-373B Qo‘qon shahriga kirish avtomobil yo‘lining 21-kilometrida yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi Captiva o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, e’tiborsizlik qilib chap tomonga to‘satdan qayrilgan velosipedchi, 1966 yilda tug‘ilgan I.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
54 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning may oyida velosipedchilarning o‘limi bilan bog‘liq boshqa YTHlar ham yuz bergandi. Jumladan, 11 may kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Isuzu avtobusi velosipedchini, 13 may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida «Kamaz» yuk mashinasi velosipedchini urib yuborgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»