O‘zbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda

2 daqiqa o'qish2.5K
O‘zbekistondagi bino va inshootlarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistondagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy ob’yektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining «Respublikadagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha va turar joy ob’yektlarida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan 2020 yilda vazirlik va idoralarning 691 ta bino va inshootida fotoelektr stansiyalar va kollektorlar qurilishi, energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar o‘rnatish bo‘yicha dasturiy ro‘yxatlar tasdiqlanib amalga oshirilmoqda.

Qarorga muvofiq, Qurilish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda 2021 yil uchun (keyinchalik muntazam ravishda kelgusi yillar uchun) «Ijtimoiy soha ob’yektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni 2020 yilning 1 dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Shuningdek, shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini loyihalashtirish va qurilishida zamonaviy qurilish materiallari va energiya tejovchi texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan barcha turdagi bino va inshootlar, ijtimoiy soha, turar joy ob’yektlarini energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligini inobatga olib ekspluatatsiyaga qabul qilish tizimini 2021 yil 1 yanvargacha ishlab chiqish belgilangan.

Barcha turdagi yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan bino va inshootlarni ekspluatatsiyaga qabul qilinishida energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari joriy etilganligi yuzasidan «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va xulosa berish tartibi joriy etiladi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda «Ijtimoiy soha ob’yektlarida hamda shahar va qishloqlarda quriladigan namunaviy arzon uy-joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish manzilli dasturi»ni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining beg‘araz mablag‘larining jalb etilishini ta’minlaydi.

«O‘zeltexsanoat» va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmalari uch oy muddatda energiya tejovchi texnologiyalar, qurilish materiallari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini ko‘radi.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?