12:34 / 07.08.2020
1 779

+274. Uch hududda yangi bemorlar aniqlandi, ikki o‘lim qayd etildi

+274. Uch hududda yangi bemorlar aniqlandi, ikki o‘lim qayd etildi
2020 yil 7 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 (+274) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 587 nafar fuqaro (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)