17:54 / 02.09.2020
2 133

Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi - XTV

Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi - XTV
Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga viloyat hokimliklari mas’ul etib belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun o‘qituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan ro‘yxatlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi ushbu ro‘yxatlar bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, kuni kecha prezident raisligida o‘tgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida mazkur masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda maktablar uchun pirometr va dozatorlar xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazish bo‘yicha mutasaddi vazirliklarga topshiriqlar berildi. Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga esa viloyat hokimliklari mas’ul etib belgilandi.

Shuningdek, prezidentning “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, xususan tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Shu sababli maktablarda ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari uchun tibbiy niqob va shaxsiy antiseptiklar bilan ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, - deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida umumta’lim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlashgan holatda yetkazib beriladi.

“Hurmatli o‘qituvchilarimizdan maktablarida bu kabi holat kuzatilayotgan bo‘lsa huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyilgan XTV ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi - XTV