Qonunchilik palatasining navbatdagi «Hukumat soati»da deputatlar «Umumta’lim maktablarida vatanparvar avlodni tarbiyalash, yangi joriy etilgan «Tarbiya» fani o‘qitilishini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi masalani muhokama qildilar. Xalq vakillarining ushbu masala yuzasidan savollariga xalq ta’limi vaziri javob berdi.
Maktablarda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar yangicha asosda tashkil etilib, «Milliy g‘oya», «Odobnoma», «Dinlar tarixi», «Vatan tuyg‘usi» kabi fanlar asosida yagona «Tarbiya» fani joriy qilindi.
Deputatlar «Tarbiya» fanini o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan tashkiliy ishlar bilan qiziqdilar.
«Tarbiya» fani yoshlarni fikrlashga o‘rgatadigan, ularni milliy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qilishi kerak», — dedi Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov.
«Tarbiya» fanining o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ allomalarning hayot yo‘llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan.
Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan «Loyiha asosida o‘qitish», «Qiziqishlar asosida ta’lim berish», «Art-fest», «Namuna ko‘rsatish», «Misollar orqali o‘qitish», «Vaziyatlarni tahlil qilish» kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilgan.
«Hukumat soati»da ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarni yanada rivojlantirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Muhokamalar yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi, deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi