3 275
Shavkat Mirziyoyev bugunning og‘riqli masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari tanqidiy tahlil qilinmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yil kuzda keskin sovuq tushib, ob-havo avvalgi yillarga nisbatan erta pasaydi. Elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda issiqlik ta’minotida tez-tez uzilishlar bo‘ldi. Bu vaziyat tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga tayyor emasligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Yaqinda benzin narxi ham oshdi. Bular aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
– Menga balandparvoz gaplar va raqamlar kerak emas. Joylardagi rahbarlarning ishlari natijasiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz o‘zi xolis baho bermoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslari ta’minotini yaxshilash choralari muhokama qilinmoqda.
Qish mavsumida tarmoq va hududlarda uzluksizlikni ta’minlash uchun sutkasiga 10-12 million kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi. Bu quvvatni «Toshkent», «Sirdaryo», «Yangi Angren» elektr stansiyalaridagi 900 megavattli 5 ta energoblokni ishga tushirish hisobidan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.
Uzilishlarga, asosan, taqsimlovchi tarmoqlarning 60 foizi eskirgani hamda elektr energiyasiga talabning oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Shu bois past va o‘rta kuchlanishli tarmoqlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, ijrosiga tezroq kirishish zarurligi ta’kidlandi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda gaz ta’minotida sutkasiga 20 million kub metr tanqislik mavjud. Oqibatda mingdan ziyod mahallada tabiiy gaz bosimi pasaygan.
– Gaz tizimi bilan bog‘liq muammolar bugun yuzaga kelmagani, balki o‘ttiz yildan beri bizni qiynab kelayotganidan barchamiz xabardormiz. Lekin buni bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Xalqimizga gaz kerak, ularning ko‘pchiligi buning uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida halol qilib, to‘lab kelmoqda, – dedi Prezident.
Davlat rahbari gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Buning hisobiga kuniga 7-8 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha ravishda hududlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, aholi ehtiyojini qoplash uchun yana 217 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.
Samarasiz ishlayotgan 25 ta konni investorlarga «risk-servis kontrakt» shartlari asosida berib, tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkinligi aytildi.
Joylarda ko‘mir bilan bog‘liq e’tirozlar ham bor. Aholi va ijtimoiy ob’ektlar uchun ajratilgan mahalliy ko‘mirning 60 ming tonnasi hali egalariga yetkazib berilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilish davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”