O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘p millatli xalqimiz o‘rtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni keng targ‘ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Ijod» jamoat fondi vasiylik kengashining «Ijod» jamoat fondi tasarrufidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, «Do‘rmon» ijod uyidan foydalanish direksiyasi» unitar korxonasi va «Oqqum fayz baraka» sho‘’ba korxonasi hamda ularga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulk, bino va inshootlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga o‘tkazish;
«Ijod» jamoat fondi negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish va ilovaga muvofiq uning vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Moliya vazirligi Jamg‘armaga 2021 yilda 120 milliard so‘m, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga mamlakat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun 10 milliard so‘m, uning hududiy bo‘limlariga joylarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish uchun 90 milliard so‘m, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi