18:50 / 04.07.2021
3 155

O‘zbekistonda 6—8 iyul kunlari 48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin


O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 6—8 iyul kunlari Eron hududlaridan kirib kelgan issiq havo massalarining «faol bosqichi» kuzatiladi, deb yozmoqda gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo bashoratlari, tadqiqotlar haqida xabar beruvchi Uzb_Meteo Telegram kanali.

Qayd etilishicha, 8 iyul kuni janub voha hududlarida havo harorati maksimal 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Baland tog‘liklarda mavjud qor va muzliklarning faol erishi ortidan, ayrim daryolarda suv oqimi ko‘payishi kutilmoqda.

Qolgan sohalarda anomal issiqning ma’lum ta’siri seziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 6—8 iyul kunlari 48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin