15:52 / 05.07.2021
7 884

O‘zbekistonda issiq ob-havo qachon pasayishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonga haftaning katta qismi davomida Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, havo harorati kechalari 25-27 daraja, kunduz kunlari 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46 darajagacha issiq bo‘lib, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga yuqoridir.

9 iyul, juma kunidan boshlab respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi. Juma kuni kunduzgi harorat 37-40 darajagacha pasayadi va faqat janubiy hududlar bo‘yicha 42-44 darajani tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston hududi bo‘yicha harorat payshanba kunidan pasayishni boshlaydi va juma kuni havo harorati 32-37 darajani tashkil etadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida haroratning pasayishi davom etadi.

Haftaning boshida va oxirida O‘zbekistonning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan mahalliy yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Seshanba kuni kechga tomon esa Toshkent viloyatining tekislik hududlari bo‘yicha biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda issiq ob-havo qachon pasayishi ma’lum qilindi