
Kecha yurtimizda 879 nafar kishida koronavirus, 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 6 nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 28 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 127506 (+879) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 90 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 32 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 98 nafari Jizzax viloyatida,
- 27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 15 nafari Navoiy viloyatida,
- 28 nafari Namangan viloyatida,
- 82 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 50 nafari Xorazm viloyatida,
- 109 nafari Toshkent viloyatida,
- 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 121718 (+573) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 859 nafarni tashkil qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar