13:55 / 24.09.2021
2 237

O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi

O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi
Dam olish kunlari havo sezilarli darajada salqinlashadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Qayd etilishicha, 24—25 sentabr kunlari quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 32-34 darajagacha ko‘tariladi. Bu me’yordan 4-6 darajaga yuqori degani.

26 sentabr, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17 darajani, kunduz kuni 35-37 darajani tashkil etadi.

Shu kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 darajagacha, kunduz kuni 20-25 darajagacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27 daraja, kechasi 12-15 daraja atrofida bo‘ladi.

26—27 sentabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi