
Bugun Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi hisobiga respublika boʻyicha ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻli huddularda qor yogʻadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Qayd etilishicha, ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida boʻladi.
1 mart kuni respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻishi davom etadi, ammo yomgʻir kuchsiz boʻladi. Respublikaning shimolida yogʻingarchilik toʻxtaydi.
2 mart kuni nam havo massasi sharqqa tomon siljiydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. Ushbu kunda kunduzi havo harorati bulutli boʻladi va 12-17° iliqdan yuqori boʻlmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmidan Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida yogʻingarchiliksiz juda iliq ob-havo boʻladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23° iliqgacha, janubda va choʻl hududlarida 25-27° iliqgacha koʻtariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me'yorlaridan 10-12° ga yuqoridir.
Juda iliq havoni shiddatli kirib kelishi 4 mart kuni shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishiga sabab boʻlishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!