Joze Mourino A Seriyaning navbatdagi turida “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin intervyu berdi.
Ma’lumki, rimliklar o‘z maydonida chempionatning o‘rtamiyona jamoalaridan birini yenga olmadi. Nursiz durangdan keyin ham Mourino shogirdlari beshinchi pog‘onadagi joyini saqlab qolgan bo‘lsa-da, Rimning ikkinchi klubi – “Latsio” ochkolar hisobida “bo‘rilar”ga yetib oldi.
E’tiborli jihati, Mourino “Bolonya”ga qarshi hujum chizig‘ida Karles Peres, Feliks Afena-Gyan va Nikolo Dzanolo uchligidan foydalandi. Eksperiment hech qanday samara bermadi. Ikkinchi bo‘limda hujumga Lorenso Pellegrini, Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov tashlandi.
Mourino intervyuda hujumchilarga alohida e’tiroz bildirdi.
- Hafsalangiz pir bo‘ldimi?
- Sifat past bo‘ldi. G‘alaba qozonish uchun yetarlicha ter to‘kmadik. Sifat jihatidan o‘yinimiz juda kamtarona bo‘ldi.
- “Lester” bilan o‘yin ta’sir qildimi?
- Albatta, shunday bo‘ldi. Keyingi o‘yinning ham ta’siri bor edi. Biz juda chiroyli, ammo o‘ta murakkab vaziyatdamiz. Konferensiyalar ligasida 14 ta o‘yin o‘tkazdik. “Lester” premer-ligadagi so‘nggi o‘yinida 9 ta o‘yinchisiga dam berdi va “Tottenxem”dan 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Biz esa, “Bolonya”ni yutishni istadik, lekin bir necha vaziyatlarni barbod qildik. Ayb o‘zimizda, g‘alabaga loyiq o‘ynay olmadik. Albatta, bunda hakamning ham aybi bor.
- Dastlab, to‘rtta o‘yinchi almashdi...
- Men sifatni oshirmoqchi edim. Lekin ularda men bor deb o‘ylagan impuls umuman yo‘q ekan. Karsdorp va Pellegrini harakat qildi. Abraxam va Zalevski yaxshi boshlay olmadi.
- Dzanolo payshanba kuni ham boshlang‘ich tarkibda bo‘ladimi?
- Sizlar va hakamlar shu Dzanologa yopishib qolgansizlar...
- Dzanolo markaziy hujumchi sifatida raqib himoyasini yorib o‘tishi kutilganmidi?
- Hammasi ilgarigidek. Men 22 yildan beri murabbiylik qilaman. Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Futbolda ko‘p narsa o‘zgardi, lekin sizlar o‘sha-o‘shasizlar. O‘yindan keyin hisob chiqadi, savol shu natijaga bog‘liq.
22 yil oldin o‘yindan tashqari holatdan gol urib, sovringa ega chiqishing mumkin edi. Endi oradan shuncha vaqt o‘tib, hozir ham offsayddan kiritilgan to‘p evaziga g‘olib chiqishing mumkin. Kecha bir jamoa shunday yutdi. Nima o‘zgardi?
Ertaga to‘qqizta o‘yinchisiga dam bergan “Lester”ni yengolmasak, meni xuddi shu ishni qilmaganim uchun tanqid qilasizlar. Men olti kishiga dam berdim. O‘yinni yutmadik, siz hamon savol beryapsiz. Hech narsa o‘zgargani yo‘q.
- Savolim taktika haqida edi...
- Tahlillarni bu yerda o‘rtoqlashmoqchi emasman. Biz Temmi bilan o‘ynadik. Shomurodov bilan ham o‘ynab ko‘rdik. To‘g‘risini aytaman, bundan biror samara chiqqani yo‘q.
O‘yin yakunlanishiga 30 daqiqa qolganida tushgan o‘yinchilar ham hech narsani o‘zgartirolmadi. O‘yin tom ma’noda sifatsiz bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi