972
Shuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilar bilan natija qilishni istardim. Yoshlarni biz o‘ynatmasak yo‘qolib ketadi"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Avvalambor assalomu aleykum. Namanganda o‘yin shunday keskin o‘tadi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi jamoaning asosiy yutuqlaridan biri. Bugun ham 27 mingga yaqin ishqiboz tashrif buyurdi. O‘yin durangga mos edi. Futbolchilarimga rahmat aytdim. To‘g‘ri yosh futbolchilarimiz xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin shu orqali ular o‘sishga erishadi. Ertangi kunga yaxshi tajriba orttirishmoqda.
- Jamoa yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Lekin tarkibda yetakchi yetishmayotgandek ko‘rinmoqda. Davralar oralig‘ida o‘yinni qo‘lga oladigan futbolchi olish maqsadi qo‘yilganmi?
- To‘g‘risi hozircha bunday maqsadimiz yo‘q. Biz mavsum boshida maqsad qo‘yganmiz. Bosh homiyimiz bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar. Akademiyamiz Markaziy Osiyodagi eng yaxshisi. Ularni biz o‘ynatmasak yo‘qolib ketadi-ku. O‘zbekistonga ham zarar. Hamma murabbiy ham bunga qo‘l urmaydi. Men ham tayyor futbolchi olib natija ko‘rsatishni istardim. Homiyimiz bildirgan ishonchni oqlamoqdamiz. Biz to‘g‘ri yo‘nalishdamiz. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat birga yuradi. Buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Bolalarni kelajagi bor. Faqat sabr, vaqt va ishonch kerak.
- "Navbahor" o‘rinbosarlarida to‘purar bo‘lgan Xusayn Ergashboyev nima uchundir "Bunyodkor"da ko‘rinmayapti...
- U jamoada. Doim 18talik ro‘yxatga kirmoqda. So‘nggi o‘yinlarda jarohat olgandi. Bu yerda nima uchun o‘ynab keta olmaganini bilmayman.
- Birinchi savolim hakamlik haqida. Ularning harakatidan qoniqdingizmi? Ikkinchi savolim "Navbahor"ning joriy yildagi salohiyatini qanday baholaysiz?
- Dastlabki savolingizga javob berishni istamasdim. Chunki mening zimmamdagi ish emas. Albatta bunday sharoit, futbolchilar, muxlislar bilan klub oldiga yuqori maqsad qo‘yiladi. Maqsadsiz hayotni qizig‘i yo‘q. "Navbahor" shunday tarkib bilan chempionlik uchun kurashmasa uyat bo‘lar.
- O‘tgan o‘yindan so‘ng muxlislar iste’fo haqida yozishdi. Fikrlar bildirishdi...
- O‘yin haqida savol bo‘lsa marhamat. Men o‘qimayman ham. Qizig‘i yo‘q ochig‘i.
- "Olimpik" bilan o‘yindagi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?
- Bunday o‘yinlar bo‘lib turadi. Haqiqiy futbol ichidagi inson, vijdoni bor inson to‘g‘ri tushunadi. "Manchester Siti" ham yutqazdi. Braziliya paytida 1:7ga mag‘lub bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi