Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik"

Mourino: "Hakamlarning xatolaridan charchadik"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya chempionati hakamlarini yana bir bor tanqid qildi. Portugaliyalik mutaxassisning aytishicha, uning jamoasi "Roma" ishtirokidagi o‘yinlardan so‘ng hakamlarning chetlatilishidan allaqachon charchagan.

Biz hakamlik xatolaridan allaqachon toliqqanmiz. Har safar “Roma” o‘yinidan so‘ng hakamlar chetlatilishidan charchadik. Diskvalifikatsiya orqali ular xatolarini tushunib olar, ammo bizga yo‘qotilgan ochkolarni qanday qaytarishi mumkin?", - dedi Mourino matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Fiorentina" - "Roma" uchrashuvining bosh hakami Rim klubi darvozasiga noto‘g‘ri belgilangan penalti tufayli bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar