
Italiya futboli afsonasi Dario Shimich O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Dario, o‘yin haqida qanday fikrdasiz? Uchrashuv teng ruhda o‘tdimi yoki qaysidir jamoa ustunlik qildimi?
- Bu o‘yin birinchi navbatda muxlislar uchun tashkillashtirildi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo tanaffusdan so‘ng raqib jamoa tashabbusni qo‘lga oldi.
O‘zbekiston terma jamoasi bizdan biroz yoshroq edi, bu yakunda natijaga ta’sir o‘tkazdi - 3:2. Bu hisob o‘yin uchun arzirli bo‘ldi. O‘ylaymanki, muxlislar ham ushbu bahsdan mamnun bo‘lishdi.
- Raqib jamoadan kimnidir ajratib ko‘rsata olasizmi?
- Raqib butun jamoa bo‘lib yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Besh-olti nafar futbolchi qoyilmaqom harakat qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar