
Rossiyalik model Irina Sheyk 14 fevral kuni Nyu-York shahrida o‘tkazilgan modalar ko‘rgazmasiga britaniyalik avtopoygachi Lyuis Xemilton bilan birga tashrif buyurdi.
Bu voqea ushbu modelning sobiq ma’shuqi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlarini uzgani ma’lum qilinganidan 1 oy o‘tmasdanoq sodir bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, “Formula 1″ avtopoygalarining ikki karra chempioni bo‘lgan britaniyalik Lyuis Xemilton ham amerikalik qo‘shiqchi Nikol Sherzinger bilan aloqalarini uzgan. O‘tgan yili bu juftlikning unashtirilishi 2015 yilning boshida bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Irina Sheyk instagramdagi akkauntida o‘ziga taqdim etilgan guldasta suratini joylashtirgan. Shu surat ostidagi izohlarda uning Xemilton bilan uchrasha boshlagani haqida fikrlar bildirilgan.
Qayd etish joiz, bu xabarlarga Irina Sheyk ham, Lyuis Xemilton ham rasmiy munosabat bildirmagan.
Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar