To‘purar legionerimizga yetadigani yo‘q!

To‘purar legionerimizga yetadigani yo‘q!
Belarus chempionatida to‘p tepayotgan Bobir Abduholiqov may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Rodni futbol" loyihasi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, legionerimiz 50 foiz ovozni qo‘lga kiritib, g‘olibga aylandi. Jarayon umumiy hisobda 2 mingga yaqin muxlisni qamrab oldi.

Eslatib o‘tamiz, Abduholiqov ichki birinchilikning 10 o‘yinida 11 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.
To‘purar legionerimizga yetadigani yo‘q!
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar