O‘zbekiston - Qatar uchrashuvidan so‘ng o‘zbekistonliklar ustozi Timur Kapadze va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi o‘yinda Jasur Jaloliddinov zaxiraga olindi, bunga sabab u jarohat oldimi yoki hisobdan kelib chiqib shunday qarorga keldingizmi?
- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarga ham qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchili bildiraman. Bugun atmosfera ajoyib edi. Jasur haqida gapiradigan bo‘lsam, uning salomatligi yaxshi, shunchaki boshqa o‘yinchilarga ham imkon berdim.
- O‘yin oson bo‘lishini kutganmidingiz?
- O‘yinga yaxshi tayyorlangandik. Raqibni o‘rgandik, qatarliklar charchab qolishgandi, shu bois hisob yiriklashib ketdi.
- Bugun jamoa chindan ham shiddatli o‘yin namoyish etdi. Biroq raqiblariga nisbatan ko‘p qo‘polliklarni amalga oshirdi. Arab futboliga tayorgarlik bo‘lmadimi?
- Yigitlarning har biri kuchli o‘yin mahoratiga ega. O‘yin shiddatli, kurashlarga boy bo‘ldi. Bu kabi to‘qnashuvlar tabiiy holatda yuzaga keldi, ehtimol, shu sababli ogohlantirishlar olgandirmiz.
- Bugun shogirdlaringiz kutilganidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Qiyin ruhda o‘tgan ilk o‘yindan so‘ng bunday tayyorgarlik ko‘rishga nima sabab bo‘ldi?
Hojimat Erkinov: - birinchi o‘yin qiyinroq o‘tdi, ikkinchi bahsga birinchisidan jiddiyroq tayyorlandik. Turkmaniston ham oddiy jamoa emasdi, ular bugungi o‘yinda g‘alaba qozondi.
Timur Kapadze: - Turkmaniston himoyaviy o‘yin ko‘rsatgandi. Qatar esa ochiq o‘yin namoyish etdi va biz bundan unumli foydalandik. Turkmaniston kuchsiz jamoa emas, ular bugun Eronni mag‘lub etib, qanday qudratga ega ekanligini isbotladi.
- Keyingi o‘yinlarda ham shu bir xil tarkibni maydonga tushirasizmi?
- Ehtimol, o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, chunki zaxiradagi futbolchilar ham hozirda yaxshi darajada. O‘zgarishlarni vaziyatga qarab amalga oshiramiz.
- O‘yinning asosiy qismiga to‘xtalib o‘tsangiz, Qatar muxlislaringiz qarshisida hayajonlangani uchun yutqazdimi yoki boshqa sababi bormi?
- Albatta, muxlislar qarshisida to‘p tepish qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Raqibni mukammal o‘rgandik hamda taktik tarafdan ham, individual tarafdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.
- Keyingi o‘yin Qarshi shahrida o‘tkaziladi, futbolchilar bunday safarga tayyormi?
- Ertalabdan kelgusi o‘yingacha tiklanishga harakat qilamiz, tush vaqti Qashqadaryoga samolyot orqali parvoz qilamiz. Oldimizda tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki kun vaqt bor. O‘ylaymanki, Qarshida ham ajoyib atmosferaga duch kelamiz, sababi u yerdagi futbol ishqibozlarini muxlislarining qanday qo‘llab-quvvatlashlarini yaxshi bilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”