09:38 / 12.06.2022
1 034

Ahmad Agamurodov: "Ko‘prog‘ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag‘lubiyatga uchradik"

Ahmad Agamurodov: "Ko‘prog‘ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag‘lubiyatga uchradik"
U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya – Turkmaniston (1:0) uchrashuvidan keyin turkmanistonliklar bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Raqibimiz Astraliya jamoasini g‘alaba bilan tabriklab qolaman. Biz har doimgidek himoyaviy o‘yin ko‘rsatib, tezkor qarshi hujumlarda faol bo‘lishga intildik. Avstraliya gol urgandan keyin jamoam yana bir bor xarakterga ega ekanligini ko‘rsatdi. Albatta, bugungi hisobdan xafaman, ammo shunday futbolchilarim borligidan baxtliman", – dedi Agamurodov.

- Jamoangiz turnir bilan xayrlashmoqda. Musobaqa sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Taassurotlar fantastik darajada, bu musobaqada ishtirok etib, tajriba to‘plaganimdan juda xursandman. Chunki ushbu turnir biz uchun avval ham aytib o‘tganimdek, tarixiy ahamiyatga ega edi. Biz birinchi bor ishtirok etib, chorak finalgacha yetib kelganimizning o‘zi katta gap. Yanada ko‘prog‘ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag‘lubiyatga uchradik.

- Begenchmirat Miratberdiyevning ahvoli qanday? Jiddiy jarohat olmadimi?
- Unga sog‘liq tilayman. O‘yindan oldin Begenchmiratda jarohat bor edi, ammo u o‘ynashni xohladi, mendan asosiy tarkibda tushirishimni so‘radi. Hali holati noma’lum, sog‘ayib ketishini so‘rab, duo qilamiz.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Ha albatta. O‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz, ular bizni stadiondan turib qo‘llab-quvvatlab turishdi. Toshkent va boshqa joylardan kelib bizga muxlislik qilishdi. Bu uchun rahmat aytaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahmad Agamurodov: "Ko‘prog‘ini xohlagandik, ammo baxtga qarshi mag‘lubiyatga uchradik"