O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo‘llanma oldi
Ayni paytda Falastin - Filippin o‘rtasida Osiyo Kubogi saralash bahsi o‘tkazilmoqda. Uchrashuv hali yakunlangani yo‘q. Ammo Falastin 4:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda.

Ushbu natija tufayli O‘zbekiston va Tailand Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. Garchi bugun o‘zaro o‘yin o‘tkazishi hamda unda qayd etiladigan natijadan qat’iy nazar.

Chunki final bosqichiga 1-o‘rinni egallaganlar va 6 ta guruhdagi eng yaxshi 2-o‘rinni olgan 5 jamoa chiqar edi. Filippin bugungi o‘yinga qadar 4 ochkoga ega edi. O‘zbekiston, Tailand, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gonkong, Hindiston kabi termalar muddatidan avval Osiyo Kubogigi yo‘l oldi.

Shu tariqa, Tojikiston ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar