Murodjon Ahmadaliev amerikalik bokschini nokautga uchratib, kamarlarini himoya qildi (video)

Murodjon Ahmadaliev amerikalik bokschini nokautga uchratib, kamarlarini himoya qildi (video)
Professional boks boʻyicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev (11-0, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 26 iyun tongida AQShda navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Oʻzbekiston vakiliga amerikalik Ronni Rios (33-4-0, 16 KO) raqib boʻldi. Bellashuvning dastlabki yarmi toʻliq Ahmadalievning ustunligida oʻtdi. 7-raundga kelib, Rios ham faollikni oshirdi.
Murodjon Ahmadaliev amerikalik bokschini nokautga uchratib, kamarlarini himoya qildi (video)
12-raundda Murodjon ketma-ket zarbalardan keyin raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan keyin hakam jangni toʻxtatib, oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini qayd etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar