
Professional boksda ikki vaznda sobiq jahon chempioni va hozirda birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) janglar olib borayotgan Zolani Tete (30-4, 23 nokaut) Angliyaning London shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Jeyson Kanningem (31-7, 7 nokaut) ustidan 4-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.
Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng Tete ushbu vaznda WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyevni jangga chorladi.
"Menga uni olib keling va u bilan ham shunday holat sodir bo‘ladi. Qachon uxlashga tayyor bo‘lsang, meni yo‘qla chempion", - deya Tete o‘z tvitter postida Ahmadaliyevni belgilagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar