"Torpedo" bosh murabbiyi Aleksandr Borodyuk RPL 1-turi doirasida "Sochi"ga qarshi o‘yin (1:3) yakunida jamoaga yangi kelgan yosh futbolchilar haqida gapirdi.
"Jamoaga endi kelgan yosh futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishi kerak. RPLda tez fikrlash va harakat qilish lozim. Biz yangi futbolchilarni jalb qilish orqali tezlikni oshirmoqchi edik. Bu taktika ish beradimi-yo‘qmi — boshqa masala. Yigitlar jamoaga kirishib ketishi, o‘zlarini dadil tutishlari kerak. Karayev, Turishev, Erkinov — ularning barchasi hali yosh. Futbolda "o‘zaro til topishish" kabi jarayon bor. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlar orqali yigitlar tajriba orttirishadi. Ularning ko‘zlari chaqnab turibdi.
Hozir eng muhimi mag‘lubiyatni tahlil qilish. Ko‘pgina vaziyatlarda, ayniqsa birinchi bo‘limning oxirida xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi golni tushunarsiz tarzda o‘tkazib yubordik, albatta, hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Biz "ikkinchi raqam" ostida o‘ynadik, qarshi hujumda harakat qilishni xohladik. Ushbu gol rejalarimizni barbod qildi. O‘yin jarayonini o‘zgartirish uchun vaziyatlar yaratib, xarakter ko‘rsatish kerak", — deydi klub bosh murabbiyi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar