Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 5 turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi g‘alabaga erishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Shu kungacha musobaqada uch g‘alaba va bitta durang qayd etgan jamoa 5 turga kelib Slovakiya terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Slovakiya terma jamoasining birinchi taxtadagi vakili, xalqaro grossmeyster Jergusk Pexasni mag‘lub etdi.
Javohir Sindarov esa Juraj Druskadan ustun keldi.
Nodirbek Yoqubboyev Viktor Gazikni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov Kristofer Repkaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa 5 turdan so‘ng O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 4 g‘alaba va bir durang bilan kuchli o‘nlikda borishmoqda. Hozirda erkaklar jamoasi hisobida 9 ochko bor.
Eslatib o‘tamiz, shaxmat olimpiadasining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi durang, ayollar terma jamoasi esa g‘alaba qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas