
Foto: Shaxmat federatsiyasi
Hindistonning Chennai shahri mezbonligida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 7 avgust kungi bahslari yakunlandi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 9-tur doirasida peshqadam Armanistonga qarshi dona surdi va 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Javohir Sindorov o‘z partiyalarini g‘alaba bilan yakunladi. Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi partiya durang bilan yakun topdi. Shamsiddin Vohidov ushbu turda dam oldi.
Mazkur g‘alabadan keyin keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi umumiy reytingda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi va chempionlik uchun katta qadam tashladi. Musobaqada yana ikkita tur qolmoqda, mazkur bahslar 8 va 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Keyinroq O‘zbekistonning 8-turdagi raqibi ma’lum bo‘ladi.
Shaxmat OlimpiadasiO‘zbekiston Terma JamoasiChennai ShahriG‘alaba HisobiNodirbek YoqubboyevJahongir Vohidov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar