
Fransiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Lill" - PSJ uchrashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mehmonlar yirik 7:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Parijliklar safida Mbappe xet-trik, Neymar esa dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Messi hamda Xakimi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Parij klubi 3 turdan so‘ng maksimal 6 ochko to‘plagan holda, Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Lill – PSJ 1:7 (0:4, 1:3)
Gollar: 0:1 – 1 Mbappe, 0:2 – 27 Messi, 0:3 – 39 Xakimi, 0:4 – 43 Neymar, 0:5 – 52 Neymar, 1:5 – 54 Bamba, 1:6 – 66 Mbappe, 1:7 – 87 Mbappe.
Lill – Leo Jardim, Diakite, Fonte, Alessandro (Tiagu Djalo, 71), Ismaili, Gudmundsson (Virginius, 59), Andre (Marten, 59), Yazidji (Jegrova, 58), Gomes, Bamba, Devid.
PSJ – Donnarumma, Xakimi (Mukiyele, 81), Ramos (Danilu Pereyra, 81), Markinos, Kimpembe, Mendesh (Bernat, 63), Verratti (Sanshesh, 63), Vitinya (Paredes, 84), Messi, Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Ramos (34), Andre (39), Devid (83). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar