Manchester Siti Ayub Buddi transferi boʻyicha muzokaralarni faollashtirdi

Angliyaning amaldagi chempioni Manchester Siti Fransiyaning Lill klubi yarimhimoyachisi Ayub Buddini oʻz safiga qoʻshib olish yoʻlida jiddiy qadam tashladi. Sky Sport xabar berishicha, shaharliklar mazkur transfer poygasida oʻzining asosiy raqobatchisi Arsenalni ortda qoldirib, muzokaralarda sezilarli ustunlikka erishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Avvalroq London klubi ushbu iqtidorli futbolchini qoʻlga kiritishda yaqqol favorit sifatida koʻrilayotgan edi. Biroq Arsenal rahbariyatining eʼtiborni Bruno Gimaraes transferiga qaratishi Manchester Siti jamoasiga imkoniyat berdi va ular vaziyatni oʻz nazoratiga oldi. Natijada, 18 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari boʻliya allaqachon toʻliq kelishib olindi.
Muzokaralar va moliyaviy tafsilotlar
Hozirgi vaqtda klublar oʻrtasidagi muzokaralar deyarli uzluksiz davom etmoqda. Manchester Siti sport direktori Ugo Viana va Lill prezidenti Olivye Letang rasmiy uchrashuvlardan koʻra muntazam telefon qoʻngʻiroqlariga tayangan holda aloqa oʻrnatishgan. Ingliz klubi allaqachon bir nechta ogʻzaki takliflar yuborgan boʻlsa-da, fransuz tomoni oʻz tarbiyalanuvchisi uchun eng yaxshi bitimga erishish maqsadida ularning barchasini rad etdi.Lill klubi oʻzining moliyaviy talablaridan qatʼiy chekinmayapti va futbolchi uchun 100 million yevro miqdoridagi gonorar talab qilmoqda. Oʻz navbatida, Manchester Siti transferni qoʻshimcha bonuslarni oʻz ichiga olgan holda qariyb 90 million yevro evaziga yakunlashni rejalashtirmoqda. Hozircha ikki klub oʻrtasidagi asosiy toʻsiq aynan shu moliyaviy tafovut boʻlib qolmoqda.
Futbolchining kelajagi va xalqaro maydondagi ishtirok
Ayub Buddining Lill bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, futbolchining shaxsiy kelishuvi boʻyicha hech qanday muammo yoʻq. U Manchester Siti taklif qilgan va 2031-yilning iyunigacha moʻljallangan foydali shartnomaga rozi boʻlib, yangi jamoaga oʻtishga toʻliq tayyor ekanini bildirgan.Oʻsmir yoshiga qaramay, yarimhimoyachi joriy mavsumgacha Lill safida barcha turnirlarda 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Marokash terma jamoasi safida Jahon chempionatidagi ishtiroki orqali butun dunyo eʼtiborini tortdi. Garchi uning jamoasi chorak finalda Fransiyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan boʻlsa-da, Buddining maydon markazidagi ishonchli oʻyini Manchester Sitining eʼtiborini qozonish uchun yetarli boʻldi.






























Izohlar 0
…