Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi

Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi
Hozirda "Al Nassr" klubi futbolchisi hisoblangan Jaloliddin Masharipov Misrning "Al Ahli" klubi bilan kelishuv imzolagan.

Ikki klub o‘rtasida transfer ham hal bo‘lgan. Bu haqda Misrning KingFut nashri saudiyalik insayder Abdulaziz Alzamilga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum “Al Nassr” tarkibida 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Misrning "Al Ahli" klubi esa o‘z milliy chempionatida 64 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar