«Spartak» Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qildi

Foto: «Spartak» FK
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov «Spartak» bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Moskvaliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikkala tomon o‘zaro kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini to‘xtatishga qaror qilgan.
21 yoshli futbolchining keyingi jamoasi «Ural» bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «RB Sport». «Ural» prezidenti Grigoriy Ivanov bu xabarni tasdiqlagan.
Ostonning «Spartak» bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangandi. Yarim himoyachi 2020 yil yozidan buyon Moskva klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi «qizil-oqlar» safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov «Spartak» bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Moskvaliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikkala tomon o‘zaro kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini to‘xtatishga qaror qilgan.
21 yoshli futbolchining keyingi jamoasi «Ural» bo‘ladi, deya xabar qilmoqda «RB Sport». «Ural» prezidenti Grigoriy Ivanov bu xabarni tasdiqlagan.
Ostonning «Spartak» bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangandi. Yarim himoyachi 2020 yil yozidan buyon Moskva klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi «qizil-oqlar» safida 9 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…