
Ma’lumki, joriy yilning 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Samarqand sammitidan avval tashkilot faoliyati doirasida birinchi bor “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasiga asos solindi va 9-10 sentabr kunlari poytaxtimizda unga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda fleshmob tashkil etiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 9 sentabr kuni soat 16:00 da “International hotel Tashkent” mehmonxonasida SHHTga a’zo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirokida matbuot anjumani, 10 sentabr kuni soat 17:00 da “Milliy bog‘” sayilgohida ular ishtirokida katta fleshmob bo‘lib o‘tadi.
SamarqandShanxay HamkorlikSport ElchilariMatbuot AnjumaniTaniqli SportchilarInternational Hotel O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar