22:46 / 09.09.2022
1 255

Davron Fayziyev: "Murabbiylik borasidagi bor bilimim va tajribamni ishga solayapman"

Davron Fayziyev: "Murabbiylik borasidagi bor bilimim va tajribamni ishga solayapman"
Coca-Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Biron gap aytishim qiyin, chunki asabiy xolatdaman. Qiziqarli va shiddatli o‘yin bo‘ldi. Faqat gol yo‘q. Tan olish kerak, oxirgi 10 daqiqalikda AGMK jamoasi zaxira futbolchilari evaziga ustunlikka ega bo‘lishdi. Biz astoydil harakat qilayapmiz. Hozirda jamoamiz uchun har bir ochko oltinga teng bo‘lib bormoqda. Murabbiy sifatida bor bilimim, bor tajribamni ishga solayapman. Bu bizning qatorasiga 7-durang natijamiz hisoblanadi.

Buncha durangdan 4 ta g‘alaba yaxshiroq edi. Bu futbol va unda har qanday holatga tayyor turish kerak. Bugun Yosovich va Toshmirzayevlar kartochkalar tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Zahiramiz ham kuchli emas edi. Har qanday jamoaga qarshi o‘ynash mumkinligini bugun yigitlar ko‘rsatib berishdi. Vaziyatlarimiz raqibdan ko‘proq bo‘ldi. Gol urmaganimiz uchun durang adolatli natija bo‘ldi deb hisoblayman.

- Yosovich, Merzyakov, Hojimirzayev va Toshmirzayevlar safga qaytsa, jamoa hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishi mumkinmi?
- Merzlyakov 10 kundan buyon mashg‘ulotlarga kirishdi. Ammo, hali to‘liq tayyor emas. Toshmirzayev va Yosovichlarda jarohat yo‘q, ular kartochkalar tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishdi. Hojimirzayev jarohatdan 2 ta turdan so‘ng qaytadi. Komilov va Normatovlar shu kabi o‘yinlarda o‘sishga erishadi.

- Andrey Sidorovni sal avvalroq maydonga tushirish mumkinmidi?
- AGMKga qarshi o‘yinda bir himoyachini olib hujumchini tushirish juda katta tavakkal bo‘lardi. AGMK 4-3-3 sxemada o‘ynadi. Gol ursak, yutib ketishimiz ham mumkin edi. Hozir turnir jadvalida xavfli o‘rinda turibmiz, yigitlarga ishonman, biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz. "Bo‘ridan qo‘rqqan o‘rmonga bormaydi", biz oxirigacha kurashamiz.

- Azizxon Erkinov bugun Superligada debyut qildi. U ko‘rsatgan o‘yin haqida fikringiz?
- Azizni maydonga olib Javohirni tushirdim. Baribir sezildi, unda hayajon bor edi. Sardor Yetovqo‘ziyevda ham shunaqa holat. Bizda iqtidorli yoshlar bor.

- Jamoangiz futbolchilari ko‘p xolatlarda o‘yindan tashqari xolatlarda qolib ketishdi...
- Meni talabim hujumchilar oldingi chiziqda to‘p so‘rashlari kerak. Bunda futbolchi vaziyatni ham baholashi kerak bo‘ladi. O‘yindan tashqari holatda emasmi yoki to‘pni ololmay qolsa qarshi hujum xavfi yuzaga kelib qolmaydimi, mana shularga e’tibor qaratishi lozim. Lekin bugungi raqibimiz safida tajribali futbolchilar bor edi, bunaqa o‘yinlar oson bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Murabbiylik borasidagi bor bilimim va tajribamni ishga solayapman"