1 520
Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi. 5 nafar shaxsdan iborat guruhning ishi fosh etildi
Foto: Lokomotiv
O‘zbekiston OAVlari orqali keng muhokamalarga sabab bo‘lgan «Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va boshqalarning totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganligi holati yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tegishli tartibda tekshiruv o‘tkazilib, Etika qo‘mitasida ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, «Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze, futbolchi Yevgeniy Kochnev, Gruziya fuqarolari G.K. va Ch.M. ismli shaxslar o‘zaro til biriktirib, firibgarlik yo‘li bilan boylik orttirish maqsadida, xitoylik o‘zini Jay deb tanishtirgan shaxsning ishonchiga kirib, totalizator kontoralari orqali «Lokomotiv» futbol klubining uchrashuvlarini Kaxi Maxaradze va boshqa futbolchilar bilan kelishgan holda o‘zlari uchun qoniqarli natija bilan yakunlashga yolg‘on va’da berib, ishontirganlar.
Xususan, shu yil 27 may kungi «Navbahor» – «Lokomotiv» uchrashuvida 2:0 hisobi qayd etilgan bo‘lib, K.Maxaradze, G.K., Ch.M. va Ye.Kochnevlar mazkur o‘yin uchun Jay ismli shaxsdan taxminan 30.000 AQSH dollari olib, o‘zaro bo‘lishib olganlar.
Bundan tashqari, «Lokomotiv»ning OKMK va «So‘g‘diyona» futbol klublariga qarshi uchrashuvlariga yuqoridagi shaxslar tomonidan pul tikish masalasi muhokama qilingan bo‘lsa-da, lekin bu amalga oshmagani aniqlangan (ushbu ma’lumot OFK va «Sportradar» tashkilotlari tomonidan ham tasdiqlangan).
Shundan so‘ng, «Lokomotiv»ning mehmonda «Nasaf»ga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lishini taxmin qilib, K.Maxaradze bu o‘yinni yutqazib berishiga Jayni ishontirib, u tomonidan totalizatorda pul tikilishiga sababchi bo‘lgan.
«Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlanganidan so‘ng, Jay o‘zi tomonidan yutqazilgan 100.000 AQSH dollarini K.Maxaradze, Ch.M., G.K. va Ye.Kochnevlardan talab qilgan. Rad javobi olgach, o‘ch olish maqsadida ular haqidagi ma’lumotlarni O‘FA va OAVlarning elektron pochtalariga yuborgan.
O‘FA tomonidan tekshiruv boshlangach, Jay noqonuniy faoliyati natijasida o‘z mamlakatining tegishli tashkilotlari tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligini anglab, yuqorida yuborgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi, suratlarni o‘zi yasaganligi haqida xabar yuborgan.
Yuqoridagilarni o‘rganib chiqish natijasida, O‘FA Etika qo‘mitasi yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Kaxi Maxaradze Intizom kodeksining tegishli bandlari bo‘yicha aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan 5 yil muddatga chetlatilib, yuz million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Shuningdek, futbolchi Yevgeniy Kochnev ham Intizom kodeksining tegishli bandlari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan 3 yil muddatga chetlatilib, o‘ttiz million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
«Tekshiruv davomida «Lokomotiv» PFKning boshqa futbolchilari va murabbiylari totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etmaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga aloqador bo‘lgan chet el fuqarolarining shubhali harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar tegishli xalqaro tashkilotlarga yuborildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha OFK va «Sportradar» bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib kelmoqda hamda shu kabi holatlar aniqlansa, aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiradi», - deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, o‘zini 188Bet bukmekerlik kompaniyasi nazoratchisi sifatida tanishtirgan shaxs O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbol tashkilotlari, OAV va klublarga jo‘natgan xatida «Lokomotiv» klubi va uning sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinda qatnashganini iddao qilib, bir qator dalillarni keltirgandi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Maxaradze 2009 yil Gruziyadan O‘zbekistonga kelib, hozirga qadar «Lokomotiv», «Paxtakor», «So‘g‘diyona» klublari sharafini himoya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi