Yaqinda o‘zbek futbolida katta janjal ko‘tarildi. “Lokomotiv” sardori, Superliganing so‘nggi yillardagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Kaxi besh yillik taqiq va katta miqdorda jarimaga tortildi.
“Buxoro”, AGMK va “Qizilqum” klublarining sobiq futbolchisi Giorgi Kvesiyeshvili “Shampionat.asia” bilan bog‘landi. U vaziyat qanday bo‘lganini aytib berdi.
- Avval ko‘p futbolchilar ko‘p narsani barbod qilishgan, lekin ular aybdor emas. Aslida bu holat qanday sodir bo‘lganini aytib bermoqchiman.
Mening bir xitoylik tanishim bor edi, u bukmekerlik idorani boshqarardi. U mening professional futbolchi ekanligimni va ko‘plab futbolchilar bilan do‘st ekanligimdan xabardor edi. Biz Gruziya, Armaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatlariga pul tikkanmiz. Ayrimlari o‘xshagan, ayrimlari esa yo‘q.
Xitoylik tanishim mendan jamoalarda o‘z odamlarim bor yoki yo‘qligini bilish uchun isbot talab qilardi. Qizig‘i shundaki, u gruzin tilini bilmasdi, men esa ingliz tilini yaxshi tushunmasdim. Shuning uchun men Maxaradzeni WhatsAPP chatiga qo‘shdim. Kaxi u yerda menga tarjimonlik qilishi ko‘zda tutilgandi. Xitoylik bilan bog‘landik va suhbatimiz o‘n soniya davom etdi. Shundan keyin Kaxi mendan so‘radi. “Bu kim o‘zi?”. Men esa unga yolg‘on ishlatdim va buni “Buxoro”da birga o‘ynagan jamoadoshim Shibamura ekanini aytdim. Xitoylik tanishimga klublarda o‘z odamlarim borligini isbotlash uchun bu suhbatda menga Kaxi muhim edi.
Shuni ishontirib aytamanki, Kaxining bunga umuman aloqasi yo‘q edi! U hech narsani bilmagan ham. Kaxi O‘zbekistonda 15 yildan beri o‘ynab kelmoqda, haqiqiy professional, u doimo halol mehnat qilgan. Meni bilganim, unga boshqa jamoalar o‘yinni sotib bo‘yicha yaxshi taklif bilan chiqqan. Lekin u doimo buni rad qilib kelgan. Sizningcha, Kaxi 5-10 ming dollarga rozi bo‘ladimi? Aslida unga ko‘proq taklif qilishgan.
Men xitoylikdan pul undirish uchun tavakkal qildim. Aslida hammasini dabdala qilgan men bo‘laman. Kaxi yoki boshqa futbolchilarning aloqasi yo‘q bo‘lgan.
- Xitoyliklar bilan qachon pul tikishni boshladingiz?
- Faoliyatini yakunlashim bilan. (Georgiyning so‘nggi klubi 2022 yilning yanvarida tark etgan gruziyalik "Zugdidi" edi - muallif). Men nimadir tikishim mumkin bo‘lgan o‘yinlarni taklif qildim. Taxminim bo‘yicha o‘yin qanday hisobda tugatishi bilgan holda. Men shunchaki natijani aytdim, chunki bir jamoa boshqasidan kuchliroq ekanligidan kelib chiqib. O‘zim istamagan holda Kaxini bunga aralashtirib qo‘ydim.
Yaxshi eslayman, xitoylik bilan Gruziya chempionatida birinchi o‘ynimizda, . bizning jamoada biz bilan “ishlash”ga tayyor futbolchilar borligini aytdim. Stavka mag‘lubiyatga tikildi va bu o‘zini oqladi. Aslida jamoada hech kim ishlashni taklif qilmagandi. Tavakkal o‘zini oqladi. Shundan keyin jamoadagi futbolchilarga pul kerak deb, xitoylikdan pul undirishni istadim.
Aslida xitoylikga o‘yinchilar umuman kerak emasdi. Shunchaki kimlar bilan ishlayotganimni bilishni istaganji. Kaxi nima qilayotganimni umuman bilmasdi.
Shuni ayta olamanki, Kaxi bu ishlarga aybdor emas. Istagan odam o‘yinlarni qayta ko‘rib chiqsin. Nega bu o‘yinlarni hech kim ko‘rib chiqmayapti? Men stavka qo‘ygan o‘yinlarda doimo jang bo‘lgan. Agar men taxmin qilgan natija o‘zini oqlamasa, men xitoylikga kelasi o‘yinda yana chiqamiz dedim. Bundan esa uning jahli chiqdi va shu holat yuzaga keldi. Hayotda haqiqat bo‘lishi kerak. Men faqat Xudodan qo‘rqaman.
- Maxaradzeni himoya qilish uchun O‘FA oldida gapirishga tayyormisiz?
- Ha, albatta. Lekin meni O‘zbekistonda qamoqqa olishlari mumkin. Videoqo‘ng‘iroq yoki boshqa tomonlama aloqaga chiqishim mumkin. Ha, men federatsiyadan kimgadir qo‘ng‘iroq qildim. Adashmasam, uning ismi Dilshod edi. Men hammasi qanday sodir bo‘lganini aytib bermoqchiman, dedim.
- Siz Kaxiga boshqa jamoalardan kelib, pul taklif qilganini aytdingiz...
- Futbolda bunday vaziyatlar doim bo‘ladi. Men o‘ynagan vaqtimdayoq ham shunday holat bo‘lgan. Bir jamoaga hech narsa kerak emas, raqib jamoaga esa g‘alaba kerak bo‘ladi. Ammo qanday jamoalardan taklif bo‘lganini ayta olmayman. Men bir narsani tushunmayapman: nega Kaxi hamma narsani o‘z zimmasiga oldi? Yoki u hech kimni sotgisi kelmadimi? Men unga juda achinmoqdaman! Yaxshisi, jarimaga tortishsin, lekin oqlashsin. Ertasi kuni men xitoylikka chiqdim. “Bularning hammasini nega qildingiz? Yigitlar aybdor emas, bu siz bilan bizning ishimiz”, deb aytdim.
Nikolay Yegorichev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»