
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn (55.3 kg) toifasida WBA va IBF chempioni bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8KO) navbatdagi himoya jangini o‘tkazishi kutilmoqda.
IBF tashkiloti Ahmadaliyev va ushbu yo‘nalishda 1-raqamli majburiy da’vogar hisoblangan filippinlik sobiq jahon chempioni Marlon Tapales (36-3-0, 19 KO) jangiga buyruq berdi.
Tashkilot bu haqda har ikkala bokschilarning jamoasiga xat yuborib, muzokalar olib borish uchun 25 oktabrga qadar muddat belgiladi. Agar tomonlar belgilangan vaqtda kelishuvga erishmasa, jangni tashkil etish huquqi uchun ochiq promouterlik savdosi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev so‘nggi jangida WBA kamarini Ronni Riosdan himoya qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.
Murodjon AhmadaliyevProfessional BoksWBA ChempioniIBF ChempioniMarlon TapalesJang Otkazish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar