Belarus chempionati oliy ligasida “Energetik-BGU” futbolchilari birinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini boy berdi.
Minsklik “talabalar” safar uchrashuvida “Minsk” jamoasi bilan kuch sinashib, o‘yinda hisob ochilmadi.
Kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan bahsda chempionat to‘purari Bobur Abduxoliqov harchand urinmasin, mezbonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, Bobur joriy mavsumda ilk bor ketma-ket ikkita uchrashuvni golsiz tark etdi. Ayni paytda hamyurtimiz hisobida 22 ta bahsda kiritilgan 20 ta gol bor. To‘purarlar poygasida legionerimizni ta’qib qilayotgan asosiy raqobatchi “Minsk” hujumchisi Vladimir Xvashinskiy ham maydonni golsiz tark etgani boiz muvozanat o‘zgarmadi. Uning hisobida 12 ta gol mavjud.
“Energetik-BGU” durangdan so‘ng ochkolari sonini 45 taga yetkazdi va musoba peshqadami “Dinamo-Minsk”dan bir ochkoga ortda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»