
"BCA Research" superkompyuteri Argentina 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqishini bashorat qildi.
Kompaniya "EA Sport FIFA" va 2006, 2010, 2014 va 2018 yillardagi jahon chempionatlarida o‘tkazilgan 192 guruh bosqichi va 64 ta pley-off o‘yinlariga asoslangan holda taxmin qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Argentina final o‘yinida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etgan holda bosh sovringa ega chiqadi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati 2022 yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Fransiya amaldagi kubok sohibi hisoblanadi. Argentina terma jamoasi “C” guruhida Meksika, Saudiya Arabistoni va Polsha bilan kuch sinashadi.
ArgentinaPortugaliyaSuperkompyuterJahon ChempionatiFutbol Bo‘yichaBCA Research O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar