“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda xato qilgan himoyachi Rik Karsdorpni kechirmaganini namoyish qildi.
Portugaliyalik mutaxassis niderlanliyalik futbolchiga qishda o‘ziga boshqa jamoa topishini uqtirgandi. “Torino” qarshi o‘tkazilgan joriy yilning so‘nggi uchrashuvida murabbiylar shtabi Rik Karsdorpni o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Karsdorp oilasi bilan Rimni tark etgan va klubga endi qaytmaydi.
Jurnalistlar bosh murabbiy g‘azabiga duchyor bo‘lgan futbolchini Turin klubiga qarshi uchrashuvda uchratmaganidan keyin bu haqda Joze Mourinoga murojaat qildi.
- Bu o‘yinda Karsdorpdan foydalanmadim va buning sababini u juda yaxshi biladi. Uni o‘ynatmaslik – mening qarorim, - dedi Joze Mourino.
27 yoshli Karsdorp “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘ng qanot himoyachisi “bo‘rilar” safida 2017 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. Joriy mavsumda Rik o‘n bitta uchrashuvda maydonga tushgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi