16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun saf tortadi.
Qozog‘iston milliy terma jamoasi sardori Asxat Tagibergen ushbu mamlakat premer-ligasida o‘zi bilan birga “Tobol” jamoasi sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev bilan o‘rtoqlik bahsida kim g‘alaba qozonishi bo‘yicha bahs boyladi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar tarqatdi.
- Mening jamoadoshim bor – Igor Sergeyev, biz u bilan garov o‘ynadik. Ertaga kim yutishini bilib olamiz.
- O‘rtaga nima qo‘yildi, ayta olasizmi?
- Yo‘q, bu shaxsiy ishimiz.
- Igor Sergeyev bilan o‘yinni muhokama qildingizmi?
- Biz gaplashib oldik. U “Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha yutsin”, - dedi.
Qozog‘iston futboli o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari va muxlislariga yaxshi tanish. Qo‘shni mamlakat premer-ligasida bu mavsum uch nafar futbolchimiz to‘p tepdi.
Igor Sergeyev “Tobol” jamoasi safida chempionat bronza medali bilan taqdirlandi. 29 yoshli hujumchimiz milliy chempionatda 26 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.
Bundan tashqari, tajribali forvard Qozog‘iston kubogida ikkita o‘yinda o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ydi. Yevropa Chempionlar ligasi saralash turnirida ikki marotaba maydonga tushib, “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasidagi gollari hisobini ochdi. Shuningdek, Konferensiyalar ligasida ham ikkita marotaba o‘yin o‘tkazdi.
Igor Sergeyevdan tashqari, Shahboz Umarov va Odilbek Abdumajidov Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qildi. Premer-ligada bu jamoa o‘zi ko‘zlagan sovrinli o‘rinlardan quruq qoldi. Lekin shimkentliklar Qozog‘iston kubogida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘z tarixida ilk bor ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
Mavsum yarmida Belarusning BATE klubidan ijaraga olingan Shahboz Umarov premer-ligada to‘qqizta o‘yinda uchta, kubok musobaqasida oltita bahsda bitta golli pas uzatdi. Qozog‘iston kubogi sohibi bo‘lgan 23 yoshli hujumkor futbolchimiz ijara muddatini yakunlab, shartnomasi davom etayotgan BATEga qaytib boradi.
21 yoshli markaziy himoyachimiz Odiljon Abdumajidov premer-ligada jami 23 ta bellashuvda qatnashib, ikkita gol va uchta assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, “Ordabasi”ning g‘alabasi bilan tugagan kubok turnirida olti marotaba maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeyev 2013 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Tajribali hujumchimiz hozirgacha 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi