Masharipov va Bozorov Qozog‘istonga qarshi o‘ynamaydi. Sababi...

Masharipov va Bozorov Qozog‘istonga qarshi o‘ynamaydi. Sababi...
Bugun soat 18:00 da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qozog‘iston termasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yin oldidan jamoamiz futbolchilari Jaloliddin Masharipov va Oybek Bozorov o‘yinda ishtirok eta olmasligi maʼlum bo‘ldi. Ikkala futbolchi betoblik his etgan va tibbiy shtab ularning holatini to‘liq o‘rganib chiqqunga qadar tavakkal qilmaslikka qaror qildi.

Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar