890
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs oldidan Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov O‘FAga tashrif buyurdi va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.
Dastlab Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adlet Barmenkulov yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi.
Uchrashuv davomida ikki davlatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.
Tadbir davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qozog‘iston futbol federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandumda ikki mamlakatlarning barcha yosh toifalardagi terma jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha bandlar mavjud. Murabbiylar, hakamlar va yana qator yo‘nalishlar bo‘yicha futbol mutaxassislarini tayyorlash uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar futbolini rivojlantirishga ko‘maklashish nazarda tutilgan.
Manba: O‘FA matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi