O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga "Al Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham chaqirilgan edi.
Biroq yakuniy pallada hamyurtimizning Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘yinlarda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi. Esingizda bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov sentyabr oyidagi Kamerun va Kosta-Rika bilan uchrashuvlarni jarohat sabab o‘tkazib yuborgandi. Barchasiga aniqlik kiritish uchun bugungi uchrashuvdan so‘ng yarim himoyachiga yuzlandik.
- Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaysiz. Ayni paytdagi holatingiz qanday? Batafsil izoh bera olasizmi?
- Bu yig‘inlarga taklif qilingandim. Lekin jarohatdan qaytganimga 20 kundan oshdi. Jismoniy tarafdan to‘liq tayyor emasligim uchun klubim ruxsat bermadi. Umid qilamanki, navbatdagi yig‘inlarga tayyor bo‘laman.
- Bugungi uchrashuvni maydon tashqarisidan kuzatdingiz. Bunda taassurotlar doim boshqacha bo‘ladi. Qozog‘istonga qarshi o‘yin haqida qanday xulosalaringiz bor?
- O‘yindan avval taxmin qilgandim. Qozog‘iston bizdan kuchli bo‘lmagan. Lekin bilmadim nima uchun odamlar bunchalik vahima qilib tashlashdi. Kamerun va Kosta-Rika bilan ham bemalol o‘ynay olishimizni avvalgi intervyuda ta’kidlagandim. Keyingi raqibimiz Rossiya. Tarkibida yoshlar ko‘p ekan. Yutsa bo‘ladigan jamoa. Ortiqcha vahimaga o‘rin yo‘q.
- Ijobiy natijalar faqat o‘rtoqlik o‘yini fonida shunday ko‘rinyaptimi? Rasmiy uchrashuvlarda terma jamoamiz o‘zgarib qolmaydimi?
- Barchasi o‘rtoqlik bahslaridan boshlanadi. Rasmiy turnirlarda ham shunday o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
- Joriy yilgi Superligani kuzatdingizmi?
- Esingizda bo‘lsa, yil boshida aytgandim. "Nasaf" har yili shov-shuv qiladi, ammo yakunda baribir 2-3 o‘rinni oladi. Kubokni nazarda tutmaganman. Shunday bo‘lib chiqdi. Oxirigacha chempionlikka kurashib kelishdi. Oxiri "Paxtakor" chempionlikni qo‘lga kiritdi.
- "Paxtakor"ning chempionligi g‘oliblik ruhiyati bilan bog‘liqmi?
- "Paxtakor" barqaror o‘yin ko‘rsatadi. Garchi kubokda "Navbahor"ga, uyda "Nasaf"ga yutqazgan bo‘lsada, chempionatda muhim bahslarda yutishni biladi.
- Superligadagi intriga nimaning hisobiga yuzaga keldi, deb o‘ylaysiz?
- Fikrimcha, "Paxtakor"ning biroz kuchsizlangani bilan bog‘liq. Oldingidan pasaygan. "Nasaf" "Paxtakor"ning darajasiga chiqqani yo‘q. "Paxtakor" ularning darajasiga tushdi.
- Klubingizdagi faoliyatingiz qanday ketyapti?
- Hammasi a’lo darajada. Rudi Garsiya bilan ishlayapmiz. Jahon chempionatidan keyin chempionat yana boshlanadi.
- Qatardagi mundialda kimga muxlislik qilasiz?
- Yoshligimdan Braziliyaga muxlisman.
- Osiyo terma jamoalarining imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Deylik Saudiya Arabistonini?
- Saudiya Arabistoni qiyin guruhga tushgan. Ular mag‘lubiyatga uchrasa ham chiroyli futbol ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi