
O‘zbekiston terma jamoasi hamda "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqov Rossiyaga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Rossiya bilan birinchi marta o‘ynayapmiz. O‘ziga xos tarixiy uchrashuv bo‘ladi. Bu borada nima deya olasiz?
- Xudo xohlasa, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Xalqimizni xursand qilish niyatidamiz.
- Terma jamoa yig‘inidan keyingi rejalar qanaqa?
- Yig‘in yakunlangach, yana Belarusga qaytishim kerak. BATE bilan Kubok doirasidagi o‘yinimiz bor. O‘sha o‘yindan so‘ng dam olishga chiqamiz. Ozgina dam olib, keyin bir qarorga kelamiz.
- Polsha va yana turli Yevropa klublaridan takliflar borligini eshitdik...
- Ha, takliflar bor. Xudo xohlasa, chempionat o‘yinlarini tugatib, shoshmasdan bir qarorga kelamiz.
- Klub rahbariyati va menejerlar hal etishadimi yoki baribir sizdan ham so‘rashadimi?
- Oxirgi so‘zni men aytaman. Xohishimga qarab, yo‘l tutiladi.
- O‘zingizga qolsa, qaysi variantni tanlagan bo‘lardingiz?
- Yevropaning kuchliroq chempionatida to‘p tepish niyatidaman.
- "Energetik-BGU" klubi vakillari qanday fikrda?
- Ular kuchliroq chempionatga yo‘l olishimni istashadi.
Bobir AbdixoliqovO‘zbekiston Terma JamoasiEnergetik-BGUYevropa ChempionatiTarixiy UchrashuvTakliflar Bor O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar