1 113
Irismetovning O‘zbekiston - Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyingi munosabati
“Paxtakor” stadionida O‘zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqli uchrashuvini ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Ushbu o‘yinda nursiz durang qayd etildi.
Jamoalarga darvozalarni ishg‘ol qilish nasib qilgani yo‘q. Bahs borasida albatta taassurotlar yo‘q emas. Shuning uchun Rossiyaning “Spartak” klubida to‘p surgan va terma jamoamizning sobiq hujumchisi Ja’far Irismetov mazkur bellashuv haqida fikrlarini aytib o‘tdi.
O‘yin to‘g‘risida
- Albatta, o‘yinni ko‘rdik. Ikkala jamoa ham yaxshi taassurot qoldirmadi. Qanaqadir yopiq o‘yin bo‘ldi. Xavfli vaziyatlar ham kam bo‘ldi. Birinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoamiz biroz yaxshiroq o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda nimagadir yotib oldi. Qarshi hujumda o‘ynamoqchi bo‘ldi. Lekin bu reja o‘xshamadi. Rossiya ikkinchi bo‘limda g‘alaba qozonishga yaqinroq edi, desam ham bo‘ladi. Bizda golli imkoniyatlar deyarli bo‘lmadi, hisob. Rossiyada uchta vaziyatni sanasak bo‘ladi. Masalan, Sobolevning akrobatik tepgani yoki darvozabonimiz yana bir vaziyatda goldan saqlab qoldi. Negadir terma jamoamiz ikkinchi bo‘limda ko‘proq himoyalandi. Igor Sergeyevni maydonga tushirishdi. Ammo, menimcha, qarshi hujumda Eldor Shomurodovdan foydalangan yaxshiroq edi.
Jamoalar ehtiyotkor o‘ynadilarmi?
- Menimcha, ehtiyotkorlik qilishga hojat yo‘q edi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi. Nimanidir hal qilib qo‘yadigan o‘yin hisoblanmasdi. Buning ustiga hozir O‘zbekiston ham, Rossiya ham hech nimaga tayyorlanmayapti. Murabbiylarni fikrlarini eshitib ko‘rish kerak. Zerikarli uchrashuv bo‘ldi, desam ham bo‘ladi. Muxlislarga yoqadigan o‘yin emas-da. To‘g‘ri, 0:0 hisobidagi bellashuvlar bo‘ladi, ammo unda hujumlarga boy o‘tishini ko‘ramiz.
Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi bahslarning farqli tomonlari
- Qozog‘iston bilan yaxshiroq o‘ynadik. Negaligini bilmayman. Balki Rossiya termasi Qozog‘istondan kuchliroq bo‘lgani uchundir. Qozoqlarga qarshi hujumkor o‘ynadik. Imkoniyatlar ham yaratildi. Bizda qandaydir o‘yin bor deya olmayman, ammo Eldor Shomurodov bilan Hojimat Erkinovning individual mahoratlari evaziga gollar urildi. To‘pni nazorat qildik, lekin kombinatsiyalar ko‘rmadik. Rossiya bilan uchrashuvda balki raqibni bosimi ham bo‘lgandir. O‘zinglar ham bilasizlar, Rossiya kuchli tarkibi bilan kelmadi. Rossiya ikkinchi tarkibi bilan kelgan bo‘lsa ham ikkinchi bo‘limda tashabbusga ega bo‘ldi. Tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston termasi ko‘rinmadi.
Terma jamoamiz Rossiyaga qarshi o‘yinda nimani ko‘zladi?
- Terma jamoamizga bunday o‘yinlar kerak. Qancha kuchliroq raqiblar bilan o‘ynasak shunchalik foydali bo‘laveradi. Balki murabbiylarimiz kuchli raqibga qarshi ikkinchi bo‘limda himoyaviy o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirgandir. Kamchiligimiz sifatida qarshi hujumga tez chiqib keta olmayotganimizni aytishim mumkin. Xavfli vaziyatlarni yaratishga imkon topa olmadik. Bu Rossiyaning kuchli ekanligidan deb aytmagan bo‘lardim. Ular ham kuchli futbol namoyish etgani yo‘q.
Bu o‘yin jamoalar uchun qanchalik foydali bo‘ldi, bilmadimu, ammo o‘yinda nimadir ko‘rganimiz yo‘q. Terma jamoamiz nimani xohlayotganini tushunib bo‘lmadi. Qarshi hujumda o‘ynashdimi yoki gol o‘tkazib yubormaslik asosiy vazifamidi? Menimcha, ikkinchisi bo‘lsa kerak. Ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz aytib turibdiki, asosiysi, darvozamizdan gol o‘tkazib yubormaslik edi. Kuchsiz tomonimiz, menimcha hujum qila olmaganimiz bo‘lsa kerak. Qozog‘iston bilan uchrashuvda nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik.
Qaysi futbolchi o‘zini ko‘rsatdi yoki...
- Meni ishonchimni oqlash shart emas, murabbiy va muxlislarning ishonchini oqlash kerak. Sherzod Nasrullayevdan ko‘proq narsa kutgandim. Harakat qildi, lekin unchalik o‘xshamadi. Bu futbolchidan ko‘prog‘ini kutgandim. Uni anchadan beri kuzatib kelaman. Rossiyaga qarshi biror-bir futbolchimizni zo‘r o‘ynadi, deb alohida ko‘rsatish qiyin. Valeriy Karpinni gapini o‘qidim, darvozamiz oldida xavfli vaziyat bo‘lgani yo‘q, deb aytdi. Bu haqiqatga yaqinroq. Himoyada yaxshiroq o‘ynagandek bo‘ldik. Baribir xatolar ko‘zga tashlanib turdi. Ikkita o‘yinda ham terma jamoamizning o‘yin uslubini ko‘ra olmadik.
Menimcha, Jaloliddin Masharipov yetishmadi, deb hisoblayman. Nimagaki, u nostandart o‘yinlari bilan ajralib turardi. Bu futbolchining yo‘qligi yaqqol bilinib qoldi. Bobur Abduholiqovga ko‘proq vaqt berilsa yaxshi bo‘lardi. Belarus chempionatida o‘zini ko‘rsatyapti. Lekin terma jamoada unga vaqt yetishmadi. Ruslan Jiyanovga imkoniyat berayotgani odamni xursand qiladi. Terma jamoamizda iqtidorli yoshlar ko‘paygani yaxshi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?