22:27 / 06.12.2022
2 245

FIFA Urugvayning to‘rt nafar futbolchisiga qarshi ayblov e’lon qildi

FIFA Urugvayning to‘rt nafar futbolchisiga qarshi ayblov e’lon qildi
FIFA Urugvay terma jamoasining to‘rt nafar futbolchisiga qarshi ayblov e’lon qildi.

Xalqaro futbol federatsiyasi JCH—2022 guruh bosqichi o‘yinlaridan so‘ng Urugvayga qarshi intizomiy ish ochdi. Janubiy Amerika vakillari 3-turda Gana ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, biroq pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Shundan so‘ng futbolchilar mojaro keltirib chiqardi. «Atletiko» himoyachisi Xose Ximenes hakamlarni «bir to‘da o‘g‘rilar», deya haqorat qildi. Urugvay terma jamoasi futbolchilari ganaliklar darvozasi tomon ikkita penalti belgilamagan o‘yin bosh hakami Daniel Sibertning yoniga bordi.

Ximenes Sibertni turtib o‘tishga urinib, JCH—2022 tashkilotchilaridan sanaladigan FIFA direktorlaridan birini tasodifan tirsagi bilan urib yubordi. Buning uchun u kamida 15 ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.

FIFA Xose Ximenes, Edinson Kavani (u VAR monitorini urib, yiqitgan), Fernando Muslera va Diego Godinlarni nomaqbul xatti-harakatlari, shuningdek tajovuzkor xulq-atvori bilan adolatli o‘yin tamoyillarini buzgan deb topdi.

Shuningdek, Urugvay futbol assotsiatsiyasi diskriminatsiyada ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Urugvayning to‘rt nafar futbolchisiga qarshi ayblov e’lon qildi