22:44 / 09.01.2023
1 936

Mourino O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchini tilga oldi

Mourino O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchini tilga oldi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Pele o‘ynagan davrdan keyin Braziliyadan chiqqan eng zo‘r o‘yinchilar haqidagi savolga javob berdi.

- Neymar – fantastik talant sohibi. Bunga hech kimda hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. U Yevropaga keldi va darrov g‘alaba qozonishni boshladi.

Lekin men odamlar o‘z davrida dunyoning eng zo‘r o‘yinchilari bo‘lgan futbolchilar, xususan, Ronaldo va Rivaldoni unutib qo‘ydi, deb hisoblayman. Men faqat ikki charm to‘p ustasini nomini aytdim, aslida yana ko‘prog‘ini sanashim mumkin.

Bu o‘yinchilar ham Yevropaga kelib, fantastik darajada o‘ynagan va xalqaro maydonda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Neymar hozir ham Yevropa elitasidan joy olish uchun kuramoqda, Braziliya bilan jahon chempioni bo‘lish esa unga orzu bo‘lib qoldi
, - dedi Joze Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Rivaldo 2008-2010 yillar davomida “Bunyodkor”da to‘p tepib, O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino O‘zbekiston chempioni bo‘lgan futbolchini tilga oldi